Mobil ilovalar — iOS va Android
Native Swift/SwiftUI va kross-platforma. Push-bildirishnomalar, qoʻngʻiroqlar, fonda geolokatsiya, vidjetlar, Live Activity, Face ID. App Store va Google Play’ga chiqarishgacha.
GRAF-CORP mobil ilovalar, veb-platformalar, CRM tizimlari va sunʼiy intellekt yechimlarini ishlab chiqadi — dizayndan serverdagi ishlab turgan tizimgacha, bitta jamoa bilan.
ishlab chiqilgan mahsulot
iOS va Android ilovasi
tilda: oʻzbek, rus, ingliz
oʻz serverlarimizda ishlaydigan tizimlar
Biz mahsulotni toʻliq siklda yaratamiz: tahlil, dizayn, mobil va veb ilova, server, integratsiyalar va ishga tushirishdan keyingi qoʻllab-quvvatlash.
Native Swift/SwiftUI va kross-platforma. Push-bildirishnomalar, qoʻngʻiroqlar, fonda geolokatsiya, vidjetlar, Live Activity, Face ID. App Store va Google Play’ga chiqarishgacha.
Marketpleyslar, kabinetlar, admin-panellar, tez va SEO’ga tayyor saytlar.
AI-sotuvchi botlar, qoʻngʻiroqlar tahlili, rasmlardan tovar kartochkasi, avtomatik javoblar.
Sotuv voronkasi, shartnomalar, toʻlov grafiklari, kassa, hisobotlar — sohangizga moslab.
Telegram botlar, Instagram, Meta lidlari, IP-telefoniya, toʻlov tizimlari, SMS va OneID.
Oʻzbekistondagi serverlarda joylashtirish, maʼlumotlar xavfsizligi, zaxira nusxalar, monitoring.
Oʻz mahsulotlarimiz va mijozlar uchun ishlab chiqilgan tizimlar. Hammasi real foydalanuvchilar va real maʼlumotlar bilan ishlaydi.
Avtoehtiyot qismlar marketpleysi va xaritada usta chaqirish. Mijoz, usta va sotuvchi uchun alohida ilovalar, ilova ichida qoʻngʻiroq, Live Activity, onlayn toʻlov va rasmlardan AI tovar kartochkasi.
Quruvchi kompaniyalar uchun CRM: lidlar, kvartiralar shaxmatkasi, shartnomalar, toʻlov grafiklari, kassa, qarzdorlar, ichki telefoniya va uy-joy shirkati boshqaruvi. Rahbar, menejer va xaridor uchun mobil ilovalar.
Marketing agentliklari uchun boshqaruv tizimi: mijozlar, 7 bosqichli kanban, kontentni tasdiqlash, reklama kampaniyalari, jamoa yuklamasi va mijoz uchun loginsiz portal.
Onlayn fotoalbom konstruktori: foydalanuvchi albomni yigʻadi, biz chop etib yetkazamiz. Millimetr aniqligidagi oʻz maket muharriri, birgalikda rasm qoʻshish va mehmon rejimi.
Uy-joy xaridorlari bilan 24/7 suhbatlashadigan AI-sotuvchi: savollarga javob beradi, lidni baholaydi va kerakli operatorga yuboradi. Notoʻgʻri narx yoki vaʼdani bloklaydigan xavfsizlik filtri, shaxsiy maʼlumotlar maskalanadi.
Sotuv qoʻngʻiroqlari yozuvlarini avtomatik matnga aylantirib, skript, sifat va lidni yopish boʻyicha 0–100 ball qoʻyadi. Har bir operator kesimida natijalar va xavf belgilari, CRM bilan ikki tomonlama sinxron.
Sotuv sayti: 3D renderlar ustida bosiladigan bosh reja, real vaqtdagi boʻsh xonadonlar shaxmatkasi, boshlangʻich toʻlov va boʻlib toʻlash kalkulyatori, lidlar toʻgʻridan Telegram’ga.
Instagram Direct uchun AI avtojavob: har bir biznesning bilimlar bazasi asosida mijozlarga javob beradi, kerak boʻlsa suhbatni Telegram ogohlantirishi bilan menejerga oʻtkazadi.
Investitsiya gʻoyalari va portfelni kuzatish ilovasi: tahlilchilar signal eʼlon qiladi, foydalanuvchi pozitsiyalarini yuritadi. Narxlar uchun aniq oʻnli matematika, hodisalar tarixi va obuna darajalari.
Qisqa iteratsiyalar, har hafta koʻrinadigan natija va ochiq muloqot. Siz jarayonni har bosqichda koʻrib turasiz.
Biznes jarayoningizni oʻrganamiz, raqobatchilarni tahlil qilamiz va aniq yoʻl xaritasini tuzamiz.
Interaktiv prototip va bir nechta variant — kod yozishdan oldin telefoningizda koʻrasiz.
Haftalik relizlar, TestFlight va test muhitlari. Har bir oʻzgarish real qurilmada tekshiriladi.
App Store, Google Play, serverlar, monitoring va ishga tushgandan keyingi rivojlantirish.
Biz oʻz mahsulotlarimizni ham quramiz va ularni oʻzimiz ishlatamiz. Shu tajribani mijoz loyihalariga olib kiramiz.
Oʻzbek va rus tillari, mahalliy toʻlov tizimlari, SMS, OneID, maʼlumotlarni Oʻzbekistonda saqlash talablari.
Rollar va ruxsatlar, maʼlumotlar bazasi darajasida himoya, zaxira nusxalar va muntazam xavfsizlik auditi.
Gʻoyangiz, mavjud tizimingiz yoki aniq texnik topshiriq bormi — yozing, 1 ish kuni ichida javob beramiz.